V-ray va Corona Render endi bir oila!!

Render Legion va Corona Renderer Chaos Group oilasiga qo’shildi. Bu haqida bugun Vienna shaxrida D2 konferensiyasi saxnasida Piter, Vlado, Adam, Andrey(Ondra), Jaroslav e’lon qilishdi.

Siz uchun juda vahimali yangilik bo’ldimi?

Agarda maqola juda uzunlik qilayotgan bo’lsa,  pasrog’da “Tushunish uchun” yoki “Shaxsiy fikrim” digan joyidan boshlab o’qishingiz mumkin.

Negaaaaaaaa! Diyishdan oldin keling shu haqida ochiqchasiga gaplashamiz!

Ko’pchiligimiz Corona 1.6 hot fix 2 versiyasidan keyin renderlarimiz vaqti yaxshigina tezlashgandi. Bunga sabab Coronaga V-ray DMC Sampler o’rnatilgani sabab bo’ldi.

HA! Ajablanayapsizmi? Ikkala kompaniya ohirgi 13 oy davomida birga hamkorlikda ish olib borishdi. Endilikda proyekt faylingizni ochganingizda sizga Corona yoki Vrayda render qilish tanloviga ega bo’lasiz va ortiqcha convert qilish ovoragarchiligidan halos bo’lasiz. Ajoyib to’g’rimi!  Materiallar, proxylar, yorug’liklar va hokazolar ikkala renderda bir xil ishlayveradi.

Bu haqida bo’lib o’tgan taqdimotni D2 Facebook jonli efiridan yozib olingan videoda ko’rishingiz mumkin.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa komentariya qoldirishingiz mumkin. Imkon qadar javob beriladi.

Quyidagi habar ikkala companiyaning rasmiy e’lonidir.

RENDER LEGION VA CORONA CHAOS GROUP OILASIGA QO’SHILDI

Chaos Group va Render Legion Corona Renderer ishlab chiqaruvchilari kuchlari birlashdi.

Bugun vizualizatsiya uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan kundir. Biz Ondra(Andrey), Adam, Jaroslav va butun Render Legion jamoasini Chaos Groupda ko’ribturganimizdan hursandmiz. Corona tezkor, foydalanish oson va renderlari chiroylidir. Boshlanishiga, bizning maqsadimiz barcha rassom va dizaynerlarga tasavvur etganlarini ro’yobga chiqarishga yordam berish va tasavvur qila bilish doirasini kengaytirish edi. Render Legion ham ana shunday g’oyani maqsad qilgan va biz ishonamizki zo’r vizualizatsia hammamiz uchun foydali.

Birinchi navbata bilishingiz kerak bo’lgan narsa shuki Corona va V-ray qoladi. Ikkala mahsulot mustaqil ravishda, hozirdaka rivojlanishda, siz tanigan ishlabchiqaruvchilar tomonidan ishlanishda davom etaveradi. Endilikda renderlar imkon qadar kuchli bo’lishi uchun, biz g’oyalarni, izlanishlarni va texnalogiyalarni o’zaro almasha olamiz.

Mustaqil kompaniya bo’lishning yutug’i o’z yo’nalishingni tanlashingdadir. Qiziq tomoni Render Legion ana shunday yo’nalishda ketishi, bizni ham shu yo’nalishda ishlashimizni yengillashtiradi. Birgalikda biz yo’nalishimiz va uyushmamizda  izlanishda davom etamiz.

Corona Renderer uchun yangi imkoniyatlar

Bugungi kun Render legion va Corona Renderer uchun yangi asr boshlanganini bildiradi. Biz ishlab chiqarish jamoamizni ikki baravar ko’paytiramiz va endilikda yanada tezkor va aqlli bo’lga ko’plab dasturlarni ishlab chiqara olamiz.

Qanday qilib? 13 oylik uzoq tuzgan rejalarimizdan so’ng, biz kuchlarimizni  Chaos Group bilan birga jamlashga rozi bo’ldik. Bu esa Corona Renderer va boshqa dasturlarga uzoq yillik keng investitsiyalarni va katta hajmdagi texnalogiyalarni kiritishga yordam beradi.

Biz qattiq ishonamizki, ushbu qadamni bosish orqali  siz uchun eng foydali bo’lgan harakatni qildik. Va bu orqali eng yaxshi instrumentlarni ishlab chiqarishga va kelajakda  kompaniyaning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Va biz malakali  va buyuk dasturni ishlab chiqqan va kompyuter grafika dasturiy ta’minoti rivoji yo’lidagi bir xil dunyo qarashda bo’lgan ishonchli hamkorni topganimizdan hursandmiz.

b2ap3_thumbnail_Ondra-and-Vlado

Tushunish uchun

Nima bo’lgandi?

Render Legion va Corona Renderer Chaos Group jamoasiga biriktirildi.

Chaos Group Corona Render ustida ishlashni to’xtatadimi?

Albatta yuq. Aksincha, Chaos Group Render Legionga investitsiya qiladi va natijaga ko’ra ishlab chiqaruvchilar sonini ikki baravar oshiradi.

Chaos Group V-ray ustida ishlashni to’xtatadimi?

Albatta yuq. V-ray rejalarga ko’ra rivojlanishda davom etadi.

Foydalanuvchilar uchun qanday foydalar bo’ladi?

Ikkala kompaniya texnalogiya imkoniyatlarini birlashtirgan holda Corona va V-rayni yaxshilay olamiz. Biz boshqa loyihalar ustida ham ishlay olamiz. Hozirning o’zida siz V-raydan olingan imkoniyatlarni birinchi ko’rinishidan foydalanib ko’rishingiz mumkin.

Corona Renderer jamoasiga nima bo’ldi?

Biz Corona Renderer ustida ishlashni reja qilganimizdak davom ettiramiz va ishlab chiqarish jamoasini ko’paytiramiz.

Sotib olish narxlari qanday bo’ldi?

Hamma narsa ham pulga bog’liq bo’lmagani sabab, bu haqida gapirmaslikka kelishdik

Nima uchun Chaos Group Render Legionni sotib oldi?

Vladoning so’zlari bilan aytadigan bo’lsak: «Render Legion – qoyilmaqon jamoa, va biz ana shunday dunyo qarashga egamiz. Birga ishlash jarayonida endi Corona ham, V-rayni ham yolg’iz ishlagandan ko’ra yaxshiroq holatga keltira olamiz.

Nima uchun Render Legion Chaos Groupga qo’shilishga qaror qildi?

Biz CG yo’nalishida bizdaka dunyo qarashga ega bo’lgan va bizning o’sishimizga yordam bera oladigan strategik hamkorni izlayotgan edik. Chaos Group maqsadlarimizni amalga oshirish yo’lida, bu sohada bizga kerakli bilimni, o’z tajriba va resurslari(pullari) yordamida yaxshi taklifni bera oldi.

Biz Corona Renderer va boshqa loyihalarimiz ham kelgusida yanada ehtiyotkorlik va katta niyatlar bilan rivojlanadi dib o’ylaymiz.

Andrey, Jaroslav va men Coronani farzandimiz dib bilamiz. Farzandimiz uchun faqat yaxshilikni hohlaganimizdek, uni ulg’ayishini va omadli bo’lishini xoxlaymiz. Biz ishlab chiqqan loyihamizdan faxrlanamiz. Hayotingizni qaysidir qismida siz farzandingiz uchun kerakli bo’lgan hamma narsani bera olmasligingizni tushunib qolasiz, va siz boshqalar sizga farzandingiz ulg’ayishi va rivojlanishi uchun yordam berishini xoxlabqolasiz. Buning uchun bir ish qildik. Biz yaxshilikni xoxlaymiz va farzandimiz uchun Chaos Group eng yaxshidir.

Chaos Group Render Legionni o’z jamoalari va ish jarayonlariga qo’shadimi?

Ishlab chiqarish jamoasi o’zgarmaydi. Biz ikki kompaniya o’rtasida shaxmat o’yinini o’ynamoqchimasmiz. Chunki bilamizki, ikkala jamoa faqatgina o’z shartlari asosida yaxshi ishlay bilishadi. Lekin biz ko’p masalalarda so’zsiz hamkorlik qilamiz. Chaos Group sotish, marketing va biznes rivojlantirish masalalarida bizdan ko’ra tajribali bo’lganlari sababli bu masalada bizga yordam berishadi. Bazi jamoa bo’lib unumli ishlashimiz uchun, bazi jarayonlarni osonlashtirishimiz ham mumkin.

Corona Renderer zo’r. Render Legion holatiga endi nima bo’ladi?

Hech narsa? Biz zo’rligimizcha qolamiz.

Mavjud saytlarga nima bo’ladi?

Forumlar, qo’llab-quvvatlashlar va bizning saytimiz joyida qoladi. Biz faqatgina kelajakda saytimizning bazi qismlarini o’zgartirishimiz mumkin. Bu narsa bitta sistema bo’lishga yordam beradi. Va shundagina biz boshqa ish jarayonlariga e’tibor qarata olamiz. Lekin bu biz Vlado va Peter tushuna oladigan narsalardir.

Shaxsiy fikrim

Ko’pchilik bu yangilikni eshitganidan so’ng g’alati holatga tushib qolgandir. Chunki shu kungacha hamma yo Corona muxlisi yoki V-ray muxlisi edi. Xolat Barselona va Real Madrid jamoasi futbol muxlislari o’rtasidagi to’qnashuvlar va munozaralarga o’xshabqolgandi. Esimda, Corona hali rasmiy sotuvga chiqmagan paytida kamchilik odam Corona Alpha 5 yoki 6 versiyalarida ishlayatgan edi. Shu qatorda o’zim ham V-raydan Corona Alpha 6 versiyasiga o’tib bo’lgandim. Menga Coronada ishlash quleyligi va tekinligi bilan yoqardi. Albatta V-ray mavjud bo’lgan funksiyalariga o’xshash ko’pgina instrumentlari bo’lmasada foydali tomonlari ko’p edi. Hozirgi kungacha Coronaning 1.6 versiyasining rasmiy sotuvda bo’lganini bilamiz.

Corona old team

Lekin nima sababdan Corona Renderer rivojlanishi yaxshi ketayatgan paytida V-ray Coronani yutvordi? Bu faqatgi BIZNES. Asosiy sabab Chaos Groupning puli ko’p. Ancha yildan beri CG bozorda maxkam o’rnashgan. Tabiiy holatda Chaos Groupga yangi chiqqan raqibning rivojlanishi yoqmagan. Yana juda tez vaqt ichida ancha yildan beri V-rayda hal qilinmayatgan muammolani yechimi Coronada topildi. Tabiiy ravishda konkurentdan o’tib ketish qiyin bo’lgan holatda raqibni sotvolish eng to’g’ri yo’l bo’lgan. Lekin nima bo’lganda ham Coronani V-ray sotib olgani sizzi ranjitmasin. Bu bizani ishimizmas. Boryo’g’i kompaniya egasi o’zgardi. Agar tarafkash bo’lmasangiz bu habarni yaxshi qabul qilasiz va balkim bu o’zgarish Coronaning render tezligi oshishiga sabab bo’lar. Ko’pchiligimizga Coronada aynan shu render tezligi yoqmasligi haqiqatku. Yana ko’pchiligimiz V-rayda haligacha ishlab kelamiz. Tez render qilishini maqtimizu ammo render nastroykalari qiynashi yoki hammada ham render real chiqmasligini gapiramiz. Balkim Corona va V-rayning jamlanishi barcha muammolar yechimi topilishiga sabab bo’lar. Buni ma’lum bir vaqtdan so’ng bilib olamiz nasib Etsa albatta.

Hozircha munozara va tarafkashlikka vaqt ketkazmasdan chiroyli renderlar qilishda davom etamiz. Sog’ bo’linglar.

Muallif: Rustam Pulatov

Foydalanilgan materiallar.

https://www.chaosgroup.com/news/render-legion-and-corona-join-chaos-group-family

V-Ray and Corona Renderer Just Got a Room Together!